Jahon | 15:55 / 02.02.2016
3578
2 daqiqa o‘qiladi

Trampni Ayovadagi mag‘lubiyati tufayli “Kolumbiya go‘zali” bilan qiyoslashdi

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Ayova shtatida respublikachi nomzodlar orasidagi oraliq saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan milliarder Donald Trampni “Kolumbiya go‘zali” Ariadna Guterres bilan qiyoslashdi. Bu haqda ABC.net.au portali xabar bermoqda.

Trampning o‘zi ikkinchi o‘rinni olganidan mamnunligini bildirdi: “Biz ikkinchi bo‘ldik. Bir narsa aytmoqchiman: hayratdaman, darhaqiqat hayratdaman. Tedni g‘alaba bilan tabriklamoqchiman”.

Twitter foydalanuvchilari “Koinot go‘zali” tanlovi chog‘ida boshlovchi Stiv Xarvining xatosi tufayli yanglish tarzda g‘oliba deb e'lon qilingan “Kolumbiya go‘zali” Guterres bilan qiyoslashdi.

Ayrimlar ushbu sahna qayd qilingan suratni qayta ishlab, Ariadnaning boshini Trampniki bilan “almashtirib” qo‘yganlar ham bo‘ldi.
“Trampning bugungi prezidentlik kampaniyasining badiiy in'ikosi”, - deb izoh qoldirilgan surat ostida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish