Jamiyat | 12:55 / 03.02.2016
15629
2 daqiqa o‘qiladi

Keyt Uinslet: "Titanik"dagi qahramonim sevgilisi Jyekni qutqarsa ham bo‘lardi

"Titanik" filmi bosh qahramoni, Leonardo Di Kaprio ijrosidagi Jyek film yakunida o‘lmay qolishi ham mumkin bo‘lgan.

Film premerasidan deyarli 20 yil o‘tib teleboshlovchi Jimmi Kimmelning shousiga filmning yana bir bosh qahramoni bo‘lgan, Jyekning sevgilisi Rouzni o‘ynagan aktrisa Keyt Uinslet taklif etildi. U Kimmelning savollariga javob berish asnosida o‘z qahramoni sevgilisi Jyekni qutqarishi mumkin bo‘lganligi, biroq bunday qilmaganligini tan oldi.

Kimmel Uinsletni sevgan kishisini muzdek suvda qolib, o‘lishiga yo‘l qo‘yganlikda ayblaganda, aktrisa boshlovchining fikriga qo‘shilishini ma'lum qildi.

"Jyekni yog‘och eshikka tortib chiqarib, uni qutqarib qolish ham mumkin edi. Menimcha o‘sha eshik bizni bemalol ko‘targan bo‘lardi", degan Keyt Uinslet.

Qolaversa, bu film rejissyori Jyeyms Kemeron o‘sha eshikdan boshqa bir filmi "Afsonani yo‘q qiluvchi" filmida ishlatgan va bu vaziyatda eshik ikki kishini ko‘tara olgan.