Jamiyat | 12:31 / 03.02.2016
4019
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada ishsizning 20 million rubl solingan jomadonini tunab ketishdi

Rossiyaning Yekaterinburg shahri aeroportida jomadonida 20 million rubl olib ketayotgan erkakka hujum uyushtirildi. Bu haqda RIA “Novosti” hudud politsiyasi ma'lumotiga tayanib xabar qildi.

Mahkama xabariga ko‘ra, Yekaterinburg aeroporti oldidagi maydonda yuzini sharf bilan bekitib olgan jinoyatchi hech qayerda ishlamaydigan erkak kishiga to‘pponcha o‘qtalib, uning qo‘lidagi 20 million rubl solingan jomadonni olib qo‘yadi va kutib turgan mashinaga o‘tirib, yashirinadi.

Agentlik axborot manbasining xabar qilishicha, pul mablag‘lari tashuvchining tadbirkor qarindoshiga tegishli bo‘lgan. Mazkur ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hujum qilgan shaxs minib ketgan “Jiguli” avtomobili ham qidiruvga berilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish