Sport | 17:50 / 03.02.2016
2051
1 daqiqa o‘qiladi

Van Nistelroy PSV jamoasida hujumchilar bilan ishlovchi murabbiy bo‘ladi

"Manchester Yunayted" va "Real"da o‘zining yulduzli davrlarini o‘tkazgan sobiq futbolchi Ruud van Nistelroy keyingi mavsumda Gollandiyaning PSV jamoasi murabbiylar shtabida ish boshlaydi.

U chempionat yetakchilaridan bo‘lgan bu jamoada yosh hujumchilarni (17-19 yoshlilar) tayyorlovchi va ularning mahoratini o‘stiruvchi murabbiy sifatida ishlaydi.

Qayd etish kerakki, u "Manchester Yunayted"ga kelishidan oldin, 1998-2001 yillar mobaynida aynan PSV jamoasida o‘ynagandi.

Bundan oldin, van Nistelroy Gollandiya terma jamoasida sobiq bosh murabbiy Guus Xiddinkning yordamchisi sifatida ishlagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish