Sport | 09:18 / 04.02.2016
5142
1 daqiqa o‘qiladi

Messining faoliyatidagi gollari soni 500tadan oshdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya kubogining yarim finalida «Valensiya» darvozasiga 3ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu gollar uning professional futbolchi sifatida faoliyatidagi 499, 500 va 501-gollari bo‘ldi.

Messi o‘z gollarining 436tasini «Barselona», 49tasini Argentina terma jamoasi, 14tasini Argentina yoshlar (U20) terma jamoasi va 2tasini Argentina olimpiya (U-23) terma jamoasi safida urgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish