Sport | 09:12 / 04.02.2016
2263
1 daqiqa o‘qiladi

«PSJ» 33 o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmadi va Fransiya rekordini o‘rnatdi

Fransiyaning amaldagi chempioni «PSJ jamoasi 24-turda «Loryan» 3:1 hisobida mag‘luyu etdi va bu bilan chempionat doirasida qatorasiga 33ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etdi.

Parijliklar o‘tgan turda 32ta mag‘lubiyatsiz o‘yindan iborat natija bilan «Nant» rekordini takrorlagandi.

So‘nggi bor Loran Blan shogirdlari o‘tgan yili «Bordo»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.

«PSJ» 24 turdan so‘ng 66 ochko bilan turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Monako» 24 ochko ortda qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish