Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 08:07 / 07.02.2016
3352
1 daqiqa o‘qiladi
"Liverpul" bosh murabbiyi Klopp ko‘richagining olib tashlanishi bo‘yicha operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi
Angliyaning "Liverpul" bosh murabbiyi, nemis mutaxassisi Yurgen Kloppda ko‘richakning olib tashlanishi bo‘yicha operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Klopp 5 fevralda o‘zini yomon his qila boshlagan va klub shikofori maslahatidan keyin shifoxonaga yetkazilgan.
Operatsiya 6 fevralda mahalliy vaqt bilan 13:30 boshlangan va muvaffaqiyatli o‘tgan. Klopp shu sababli Angliya chempionatining 25-turida "Sanderlend"ga qarshi uchrashuvda o‘z jamoasini maydonga olib chiqa olmadi. Uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi.