Jahon | 22:04 / 08.02.2016
2675
1 daqiqa o‘qiladi

Barak Obama 24 fevralda Iordaniya qiroli bilan uchrashadi

AQSh prezidenti Barak Obama 24 fevralda Iordaniya qiroli Abdulloh II bilan uchrashadi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda Oq uyda ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, ikki yetakchi uchrashuvi davomida IShID jangarilariga qarshi kurash, Suriyani qo‘llab-quvvatlash va iroqlik qochqinlar masalalari muhokama qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish