Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:20 / 08.02.2016
5860
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistondagi flot amaliyotlarida 52 davlatning 90dan ortiq kemasi qatnashdi
Hindistonning sharqiy qirg‘og‘ida, Viskaxapatnam harbiy-dengiz bazasi yaqinida o‘tkazilgan International Fleet Review-2016 Xalqaro flot ko‘rigida 52 davlatning 90dan ortiq kemasi ishtirok etdi.
Ko‘rikda turli davlatlarning harbiy-dengiz kuchlari oliy qo‘mondonligining 30 vakili, shu jumladan, 10 nafar harbiy-dengiz kuchlari rahbarlari ishtirok etdi. Bangol ko‘rfazidagi manyovrlarga 60 samolyot kuzatuvida 90ta kema chiqdi. Ulardan 25tasi chet el kemalari edi. Ko‘rik asnosida harbiy ishlab chiqarish mahsulotlari ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.










Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish