Sport | 23:04 / 08.02.2016
7632
1 daqiqa o‘qiladi

Messining buyragidagi toshni olib tashlash uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi 9 fevral kuni buyragidagi muammo tufayli jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi. Bu haqda sport.es nashri xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, bu kichik operatsiya bo‘lib, u seshanba kunining o‘zidayoq uyiga qaytishi mumkin.

Shuningdek, u Ispaniya chempionatining keyingi turida maydonga tushishga tayyor bo‘lishi aytilgan. U payshanba kungi mashg‘ulotlarda ham qatnashishi mumkin.

Bundan oldinroq, U "Valensiya"ga qarshi Ispaniya kubogi yarim finalining ikkinchi uchrashuvini o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Messi sog‘lig‘idagi muammo tufayli klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida maydonga tusha olmagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish