Jahon | 13:07 / 08.02.2016
2330
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi saunada kelib chiqqan yong‘inda 3 kishi halok bo‘ldi

Moskvadagi saunada kelib chiqqan yong‘inda 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha boshqarmasi sayti orqali xabar berildi.

Voqea garaj yerto‘lasida joylashgan saunada 7 fevral kechasi sodir bo‘ldi. Voqea joyida 3 erkakning tanalari topildi. Ularning o‘limiga sabab bo‘lgan narsa is gazidan zaharlanish bo‘lgani aniqlandi.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish