Iqtisodiyot | 12:00 / 08.02.2016
3400
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda kurs o‘zgarishlarini bartaraf qilish siyosati davom ettiriladi

Qirg‘iziston Milliy banki milliy valyuta – som kursini qo‘llab-quvvatlash siyosatini davom ettirish rejasida sobit turibdi. Bu haqda bank raisining o‘rinbosari Nurbek Jyenish aytib o‘tdi.
“Milliy bank somning suzuvchi ayirboshlash kursi siyosatini davom ettiradi, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi. – Zarur bo‘lganda, u ayirboshlash kursining keskin o‘zgarishlari oldini olish maqsadida valyuta sotish va sotib olish intervensiyalarini o‘tkazib turadi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish