Jamiyat | 18:09 / 08.02.2016
2464
1 daqiqa o‘qiladi

Tim Kuk Super Bowl o‘yinidan olgan surati uchun tanqidga uchradi

Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk Super Bowl (Amerikacha futbol) final uchrashuvidan keyin olgan surati tufayli foydalanuvchilarning tanqidiga uchradi.

Kuk o‘zining tvitter akkauntida o‘yinning so‘nggida olingan rasmni joylashtirgan va g‘olib jamoani tabriklagan. O‘z navbatida rasmning o‘ta sifatsiz ko‘rinish olgani sabab uning folloverlari ketma-ket tanqidlarni yog‘dirishgan.

Rasm iPhone qurilmasidan olingani bois, ko‘pchilik foydalanuvchilar qurilmaning kamerasi sifatsizligi, optik stabillashtirish tizimi yaxshi ishlamasligi haqida izohlar qoldirishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish