Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:14 / 08.02.2016
2971
1 daqiqa o‘qiladi
Ukrainada grippdan qazo qilganlar soni 220 kishiga yetdi
Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, epidemiya mavsumi boshlanganidan buyon mamlakat hududida gripp oqibatida qazo qilganlar soni 220 kishiga yetdi.
Bir necha kun muqaddam bu raqam 201ga teng edi.
Olamdan o‘tganlar orasida 3 nafar 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 1 nafar homilador ayol bor edi. Qazolarning eng katta qismi (38) Odessa viloyatida kuzatilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish