Jahon | 15:20 / 11.02.2016
10170
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh generali matbuot anjumani chog‘ida hushidan ketib qoldi
AQSh harbiy havo kuchlari generali Jyeyms Martin matbuot anjumanida, qurolli kuchlar byudjyeti haqidagi savolga javob berish chog‘ida hushidan ketib qoldi.
Voqea CNN telekanali orqali yoritildi. Martin jurnalistlarga F-35 qiruvchisini ishlab chiqarish dasturini moliyalashtirish haqida gapirayotgan edi. Generalni turg‘izib, suv berishgan, so‘ng shifoxonaga yuborishgan.