Jahon | 15:52 / 11.02.2016
5002
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkekning sobiq hokimi Qirg‘izistondan chiqib ketadi

Bishkekning sobiq hokimi Qubonichbek Qulmatov Qirg‘izistondan vaqtinchalik chiqib ketadi. Bu haqda u 11 fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida xabar qildi.

“Qayerda bo‘lishim hozircha noma'lum. Men bir muddat Bishkekda, Qirg‘izistonda bo‘lmasligim kerak. Bu oilaviy sharoitlar bilan bog‘liq. Shahar hokimsiz qolmasligi uchun iste'fo haqida qaror qabul qilindi”, - dedi Qulmatov.

Shuningdek, u hokimlik saylanadigan lavozim bo‘lgani uchun o‘ziga merosxo‘r qidirmaganini aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish