Sport | 18:40 / 11.02.2016
3806
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy amerikalik yana bir futbolchi Xitoy chempionatida o‘ynaydigan bo‘ldi

Portugaliyaning «Benfika» klubi sobiq futbolchisi, hozirda Turkiyaning «Trabzonspor» klubi sharafini himoya qilib kelayotgan paragvaylik hujumchi Oskar Kardoso ham faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettiradi.

Turkiyaning «Fanatik» nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, Xitoyning «Shangdun Luneng» jamoasi Kardoso uchun trabzonliklarga 5,5 million yevro to‘lashgan.

Ma'lumot uchun, paragvaylik futbolchi 2014 yilning yozida 5 million yevro evaziga turklar klubi safiga kelib qo‘shilgandi.