Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:34 / 13.02.2016
2724
1 daqiqa o‘qiladi
Facebook terrorchilikka qarshi kurash choralarini kuchaytirdi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbariyati unda terrorchilikka aloqador materiallarning tarqalishiga qarshi keskin choralar ko‘rmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.
Aytilishicha, AQSh hukumati Facebook’ka “bosim o‘tkazmoqda”, shu tufayli kompaniya xodimlari ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilayotgan barcha materiallarni sinchiklab tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Bunday materiallar aniqlanganida, ular berkitib qo‘yiladi. Google ekstremistik materiallar qidiruvchilarini aksilradikal saytlarga yo‘llaydi.