Sport | 01:12 / 13.02.2016
18086
1 daqiqa o‘qiladi
Kun fotosi: Meyvezer va uning devqomat soqchilari
Shu yilning fevralida Floyd Meyvezer London shahriga tashrif buyurdi va shoping qildi. Britaniyalik muxbirlar shahar ko‘chalarida u o‘zining devqomat tansoqchilari qurshovida yurganiga e'tibor qaratishgan.
"Bir do‘kondan ikkinchisiga o‘tib sayr qilgan 173 sm bo‘yga ega bokschi o‘zining devqomat tansoqchilari yonida pakanadek ko‘rindi. U shu tariqa o‘zini emas, balki qo‘lidagi mulkini himoya qilgan", deb yozadi Daily Mail muxbiri.
Paparatstsilar bokschining qo‘lida 400 ming funt sterling turuvchi qimmatbaho soat borligini payqashgan.
Ikki kun o‘tib, Meyvezer xuddi shu tansoqchilari qurshovida Milanda ko‘rinish bergan.