Jahon | 18:22 / 13.02.2016
27706
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda milliarder Lyu Xan qatl qilindi

Xitoylik milliarder, mamlakatdagi eng yirik tog‘-kon korporatsiyalaridan birining sobiq rahbari Lyu Xan qatl qilindi, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi.

U mafiya guruhini tuzganlikda va qasddan qotillik qilishda ayblanmoqda.

Sud Hanlong Group korporatsiyasining sobiq xo‘jayiniga o‘qilgan qatl hukmini ijro etish borasida qaror qabul qildi.

Shuningdek, Xubey viloyati oliy xalq sudi Lyu Xanning to‘rt sherigini qatl qilish hukmini ham ijroga keltirish farmonini berdi.

Ish bo‘yicha jami 36 kishi aybdor deb topilgan. Shundan besh kishi o‘lim jazosiga, besh nafari ikki yillik shartli o‘lim jazosiga, to‘rt kishi umrbod qamoqqa, 22 kishi turli qamoq muddatlariga hukm qilindi.

Lyu Xan bilan birgalikda uning ukasi Lyu Vey, shuningdek, sheriklari Tan Syanbinu, Chjan Dunxua i Tyan Syanveyyu qatl qilindilar.