Sport | 16:27 / 15.02.2016
2630
1 daqiqa o‘qiladi

Rayola: Pogba o‘zini kimgadir taklif etishidan ko‘ra, men Gvardiolaning agentiga aylanishim haqiqatga yaqin ish

«Yuventus» yarimhimoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola mijozining o‘z xizmatini «Barselona»ga taklif qilgani va buning uchun turinliklar rahbariyatidan o‘z transfer narxini tushirishlarini so‘raganini borasida xabarlarni inkor etdi.

«Sport.es‘da chiqqan maqola — bu qog‘ozni isrof qilish. Ular Pogbani kim bilandir adashtirishgan. Pogba kimgadir o‘z xizmatini taklif qilishdan ko‘ra, mening Gvardiolaga agent bo‘lishim tezroq sodir bo‘ladigan hodisa.

Sport.es‘da maqola – butunlay safsata. Balki ular Messini ham «Real»ga telefon qilganini o‘ylab topishar?» — deb yozgan Rayola o‘z tvitterida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish