Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev: Rahbarlar o‘tadigan ko‘chalarni xo‘jako‘rsinga yaltiratib qo‘yishni bas qilish kerak
"Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxtning ming yillik bayrami mansabdor shaxslar emas, balki oddiy xalq ko‘ngliga qarab o‘tkazish haqida buyruq bergan", deyiladi IA Novosti-Kazaxstan xabarida.
“Ajratilgan mablag‘ni boshliq shaxslar yuradigan yo‘llarni yaltiratishga emas, e'tibordan chetda qolgan, yo‘llari yomon tumanlarga yo‘naltirish kerak”, - dedi Prezident Olmaotani rivojlantirish va Jahon Qishki Universiada—2017 tayyorgarligiga bag‘ishlangan majlis davomida.
Shahar xokimi Baurjan Beybek hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar allaqachon boshlanganini: bolalar uylari, maktablar va poliklinikalar qurilishi rejalashtirilganini bildirdi.