Qozog‘istonda politsiyachilarni tergov jarayonidan chetlatishmoqchi
Qozog‘iston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Iogan Merkelning aytishicha, Qozog‘istonda qonunchilik darajasida politsiyachilar tergov jarayonidan chetlatilishlari mumkin.
Qozog‘iston Jinoyat-protsessual kodeksining oxirgi tahririga kiritilmagan yangi o‘zgarishlar milliy jinoyat-protsessual kodeksi modelini Yevropa darajasiga yetkazishga qaratilgan. Aynan shu sababli protsessual prokuror instiutini kiritish nazarda tutilgan, aynan uning ixtiyoriga tergovni boshidan oxiriga olib borish vazifasi o‘tadi, deb xabar bermoqda "Astana" telekanali.
"Gap shundaki, tergovchi va prokurorlar bir ishni turli shaklda bajaradilar. Hozir tergovchilar bizning jarayonda ortiqcha bo‘g‘indek, agar buni prokuror qilsa va uning o‘zi keyin ayblovni qo‘ysa, mos ravishda u hamma jarayonni o‘zi bajaradi va jinoiy ish materiallarining barcha jihatlaridan xabardor bo‘ladi va davlat ayblovini sifatli qo‘llab-quvvatlaydi", deb aytdi Merkel.
Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi 2014 yil noyabrda bergan rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, o‘sha vaqtda Qozog‘istonda mingga yaqin tergovchi va yana shuncha surishtiruvchi bo‘lgan. Merkelning aytishicha, o‘shanda o‘zgarishlarni ba'zi davlat organlarining qarshiligi sababli kiritishga muvaffaq bo‘linmagandi.