18:06 / 18.02.2016
7016

Italiya Erdo‘g‘anning o‘g‘lini pul o‘zlashtirishda gumon qilmoqda

Ayni paytda Italiyada istiqomat qiluvchi Turkiya prezidentining o‘g‘li Bilol Erdo‘g‘an noqonuniy pul muomalasida gumon qilinmoqda.

"Jinoiy ish hozir Fransiyada yashovchi va Rajab Toyib Erdo‘g‘anning siyosiy raqibi hisoblangan turkiyalik tadbirkor Murat Haqan Uzanning murojaatiga binoan ochilgan", deb ma'lumot beradi The Independent.

Tadbirkor Italiya hukumatidan Bilol Erdo‘g‘an mamlakatga olib kirgan pullarining kelib chiqishini tekshirishlarini so‘ragan. Turkiya prezidentining o‘g‘li Jon Hopkins Universitetida doktorlik darajasini olish uchun rafiqasi va bolalari bilan Bolonyaga ko‘chib kelgandi.

Prokuratura 2013 yili ham Erdo‘g‘anni pullarni “aylantirayotgani”ni gumon qilgan. Ayblov rasmlar va Bilol bilan o‘sha paytda bosh vazir mansabida bo‘lgan otasining telefon qaydlariga asoslangan edi.

Top