Jamiyat | 18:25 / 18.02.2016
3592
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadadagi orol Tramp saylovda g‘olib chiqsa amerikaliklarga boshpana berishga tayyor

AQSh prezidentligi uchun saylovda Donald Tramp g‘oliblikni qo‘lga kiritsa, Kanadaning Keyp-Breton oroli bu tanlovdan norozi bo‘lgan amerikaliklarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

“Salom, amerikaliklar! Donald Tramp mamlakatingizning navbatdagi prezidenti bo‘lish ehtimoli bor. Agar shunday bo‘lsa va siz u yerdan ketishga qaror qilsangiz, Keyp-Breton oroliga ko‘chib kelishni taklif qilsam bo‘ladimi?”, deyiladi orolning sayyohlik saytida.

Murojaatda, shuningdek, Keyp-Bretonda ayollarga abort qildirish uchun ruxsat berilishi, musulmonlarning bemalol yashashi, uylarning narxi arzonligi ham eslatib o‘tiladi.

"Keyp-Breton chiroyli manzarali orollar ro‘yxatida yuqori o‘rinllarni egallab keladi, lekin ayni paytda aholi kamligi muammosiga duch kelgan", deb yetkazadi The Hill nashri.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish