Jamiyat | 17:17 / 18.02.2016
2435
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada grippdan vafot etganlar soni 300 nafardan oshib ketdi

Ukrainada shu mavsumda O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) va gripp bilan og‘rigan jami 3,8 million odam qayd qilingan.

"313 kishi gripp qurboni bo‘ldi", deb xabar beradi Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ulardan beshtasi 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ikkisi homilador ayollar.

Eng ko‘p o‘lim holatlari Odessa (40), Kiyev (37), Cherkass (22), Donetsk (24), Lvovda (18) uchragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish