Jamiyat | 00:54 / 19.02.2016
6761
1 daqiqa o‘qiladi

Chegaradagi qochqin tushirilgan surat World Press Photo tanlovida g‘olib bo‘ldi

World Press Photo xalqaro fotojurnalistika tanlovining “Yil surati” nominatsiyasida avstraliyalik fotograf Uorren Richardson (Warren Richardson) “Yangi hayotga ishonch” nomli fotosurati uchun mukofotni qo‘lga kiritdi. Fotosuratda tig‘li simlar bilan qoplangan devordan chaqaloqni uzatayotgan kochqin aks ettirilgan. Natijalar tanlovning rasmiy saytida chop etilgan.

Richardson ushbu suratni 2015 yilning 28 avgustida Vengriya va Serbiya chegaralarida tushirgan.

Shuningdek, “Yangiliklar” nominatsiyasida Sergey Ponomarevning Yevropadagi migratsion inqiroz haqidagi fotoreportaji g‘olib bo‘ldi. “Sport” yo‘nalishida Vladimir Pesnya “Vetlugdagi xokkey” surati taqdirlandi.

Достонбек Матёкубов
Tayyorlagan Достонбек Матёкубов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish