Jamiyat | 14:08 / 19.02.2016
2422
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatida jarrohlik amaliyotlari onlayn translyatsiya qilinadi

2016 yilda Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga jarrohlik amaliyotlarini onlayn rejimda translitsiya qilish imkonini beruvchi uskuna keltiriladi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik JICA agentligi granti asosida jami 5,710 million dollarlik 90dan ortiq maxsus texnika turlari o‘rnatiladi.

Onlayn rejimda jarrohlik amaliyotlari translyatsiyasi orqali jarrohlarning harakatlarini mamlakatning yetakchi maxsus institut va klinikalari kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.

"Zarurat tug‘ilganda ular navoiylik hamkasblariga maslahat berishlari mumkin", deb yozadi “Pravda Vostoka” gazetasi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish