Sport | 21:05 / 21.02.2016
9567
2 daqiqa o‘qiladi

Futzal, Osiyo chempionati. O‘zbekiston finalda Eronga imkoniyatni boy berib, Osiyo vitse-chempioni bo‘ldi

Futzal bo‘yicha Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatining final uchrashuvida O‘zbekiston Eron terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi.

Qiziqarli kechgan o‘yinda eronliklar 1:2 hisobi bilan g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi barcha to‘plar 1-bo‘limda kiritildi. Dastlab O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Dilshod Irsaliyev uchrashuvning 6-daqiqasida hisobni ochdi. Biroq eronliklarning 8- va 14-daqiqada kiritgan to‘plari ularga Osiyo chempionligini olib keldi.

Eron 11-bor Osiyo chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi esa to‘rtinchi bor qit'a chempionati kumush medallari sohibi bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqa natijalariga ko‘ra Kolumbiyada 10 sentabrdan 2 oktabrgacha davom etadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Futzal, Osiyo chempionati
FINAL
O‘zbekiston - Eron - 1:2
Gollar: Dilshod Irsaliyev 6 - Qudrat Bohodiriy 9, Muhammad Keshavarz 14.
Hakamlar: Kozaki Tomoxiro, Liu Jiankiao, Rey Ritaga, Trong Kvok Dung.
O‘zbekiston: 1. Rustam Umarov, 7. Dilshod Rahmatov, 8. Farhod Abdumavlonov, 11. Artur Yunusov, 14. Konstantin Sviridov.
Zaxira: 2. Dilshod Irsaliyev, 3. Nodir Eliboyev, 4. Feruz Fahriddinov, 5. Davron Choriyev, 6. Javlon Anorov, 9. Andrey Shlema, 10. Jamoliddin Sharipov, 12. Akmaljon Xazratqulov, 13. Klim Tyugayev.

Eron: 1. Seper Muhammadi, 5. Hamid Ahmadi, 7. Asqar Hasanzoda, 9. Rizo Sansefidi, 12. Hussayn Toyibi.
Zaxira: 2. Alirozi Samimi, 3. Javad Isfandari, 4. Muhammad Keshavarz, 6. Alirizo Vafoi, 8. Qudrat Bahodiri, 10. Muhammad Tohiri, 11. Mehran Aliqodir, 13. Farhod Tavakkoli, 14. Mahdi Javid.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish