Jahon | 22:39 / 21.02.2016
3478
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada qadimiy poyezd yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi

Shveytsariyada qadimiy poyezd yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketib, izlardan chiqib ketdi, deb xabar bermoqda Blick nashri.

Ta'kidlanishicha, poyezd Art-Goldau shahridan Tsyurixga ketayotgan bo‘lgan.

Ko‘ngilsiz voqea oqibatida 16 kishi jabrlandi. Ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

To‘qnashuv sabablari o‘rnatilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish