Jamiyat | 10:32 / 22.02.2016
3571
1 daqiqa o‘qiladi

Iroqlik qochqinlarning yo‘qolgan mushugi taqdirini internet orqali 6 ming kishi kuzatib bordi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari iroqlik qochqinlarning Gretsiyada yo‘qolib qolgan mushugini topishda astoydil harakat qilishdi. Bu voqeaning rivojini 6 mingdan ortiq kishi kuzatib bordi.

Iroqlik oila – ayol, uning besh farzandi va mushugi 2015 yil noyabrda ko‘p qochoqlar qatorida Mo‘suldan Yevropaga yo‘l olishadi. Qayiqda O‘rta Yer dengizini kechib o‘tib, Gretsiyaning Lesbos oroliga kelishadi. Suv va olomondan qo‘rqib ketgan mushuk egalaridan qochib ketadi. Oila Yevropaga yo‘lini davom ettirishga majbur bo‘ladi.

Bir necha kundan so‘ng, mushukchani mahalliy baliqchilar topib olib, unga Dias deb nom berishadi va ko‘ngillilar guruhiga topshirishadi. Shunday qilib, omadi kelgan Dias Berlinga kelib qoladi.

2016 yilning fevralida ko‘ngillilar mushukchaning Norvegiyadagi egalarini topishadi va omonatni yetkazishadi.