Iqtisodiyot | 11:56 / 22.02.2016
4344
1 daqiqa o‘qiladi

Uz-Hanwoo o‘z mahsulotining Rossiyadagi eksportini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbek-Koreys qo‘shma korxonasi Uz-Hanwoo Rossiyaga kapot termoshumoizolyatsiyasi eksportini yo‘lga qo‘ydi.

«Uzavtosanoat» AK ning ma'lumoti bo‘yicha, Uz-Hanwoo qo‘shma korxonasi Rossiyaning «Ural-Nekst» avtomobillari uchun kapot termoshumoizolyatsiyasini ishlab chiqarish va eksport qilishni boshladi», deb xabar beradi uzdaily.uz nashri.

Qo‘shma korxonaning mahsulotlari Rossiyaning «AZ «URAL» OAJ kompaniyasiga taqdim etiladi. Eksportni boshlashdan avval Uz-Hanwoo QK ishlab chiqarish oldi auditi tekshiruvidan o‘tgan.

«Uzavtosanoat» AK ning ma'lumotiga ko‘ra, Uz-Hanwoo QK tez orada V MAN Auto – Uzbekistan qo‘shma korxonasining yuk avtomobillari uchun shovqinni bartaraf etish kapot avto qismlarini yetkazib berishni boshlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish