Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:41 / 23.02.2016
2520
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘iston prezidenti Ukrainaga davlat tashrifi uyushtiradi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2016 yilning ikkinchi yarmida Ukrainaga rasmiy tashrif uyushtirishi haqida xabar berildi. Bu haqda Qozog‘istonning Ukraina masalasi bo‘yicha muvaqqat vakili Yuriy Lazebnik ma'lum qilgan.
"Shu yilning ikkinchi yarmida Qozog‘iston rahbari Ukrainaga rasmiy tashrif uyushtirishni rejalashtirgan. Hozir faqat tashrif kunini aniqlashtirish uchun muhokama o‘tkaziladigan kun aniq. Tashrif esa taxminan kuz faslida ro‘y beradi", degan Lazebnik Ostona shahrida o‘tkazilgan brifingda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish