Jahon | 00:33 / 24.02.2016
2280
1 daqiqa o‘qiladi

Angliyaning Oksfordshir grafligidagi elektrostansiyada portlash yuz berdi

Angliyaning Oksfordshir grafligidagi Didkot elektrostansiyasida portlash yuz berdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Bir necha kishi jabrlangan. Elektrostansiya Londondan g‘arbga tomon 100 km uzoqlikda joylashgan.

Mahalliy aholi voqea joyida kuchli portlash ovozi eshitilgani va tutun ustuni ko‘tarilganini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish