Jahon | 20:16 / 24.02.2016
8617
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Rossiya Turkiya kabi do‘stini yo‘qotganini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya rus xalqining dushmani emasligini aytdi, deb yozmoqda Anadolu axborot agentligi.

"Biz Rossiya va rus xalqiga dushman emasmiz. Boshqalar Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritganda, biz buni qilmaganmiz", deb aytdi Erdo‘g‘an Anqaradagi prezident majmuasida bo‘lib o‘tgan hududiy ma'muriyatlar rahbarlari bilan uchrashuvda.

Erdo‘g‘anning aytishicha, Rossiya Turkiyani tushunmadi. "Rossiya Turkiya kabi do‘stini yo‘qotdi. Gap bizning mustaqilligimiz haqida ketganda, biz kimlarningdir injiqliklariga yo‘l qo‘ymaymiz", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar 2015 yilning 24 noyabrida Suriya havo hududida Turkiya aviatsiyasi tomonidan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilgandan keyin keskinlashgandi.

Avvalroq Rossiya Turkiyaga qurol-aslaha yetkazish bo‘yicha barcha shartnomalarni bekor qilgani ma'lum qilingandi.