Jamiyat | 20:50 / 25.02.2016
14073
1 daqiqa o‘qiladi

80 yoshli Armen Jigarxanyan yana uylandi

Taniqli aktyor Armen Jigarxanyan uchinchi bor uylandi, deb xabar beradi 7days.ru. Uning rafiqasi 36 yoshli Vitalina Tsymbalyuk-Romanovskaya. O‘n besh yildan buyon uchrashib yurgan juftlik Moskvada nikohdan o‘tgan.

Aktyor 2015 yilning sentabr oyida ikkinchi xotini Tatyana Vlasova bilan ajrashgan edi.

Jigarxanyan «Tutqich bermaslarning yangi sarguzashtlari», «Salom, men sizning xolangizman», «Uchrashuv joyini o‘zgartirish mumkin emas», «Nikkolo Paganini» singari filmlardagi rollari bilan mashhur.