Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:39 / 25.02.2016
4018
1 daqiqa o‘qiladi
Suriya muxolifati o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga amal qilishga rozi bo‘ldi
Suriya muxolifati ikki hafta davomida o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga amal qilishga rozi ekanligini tasdiqladi. Bu haqdagi tegishli bayonot bilan muxolif bo‘lgan Muzokaralar bo‘yicha oliy qo‘mita chiqdi, deb xabar bermoqda Al Arabiya telekanali.
"Muzokaralar bo‘yicha oliy qo‘mitaning fikricha, dastlabki o‘t ochishni to‘xtatish ikki haftaga boshqa tomonning maqsadlari jiddiyligini tasdiqlashi uchun imkoniyat beradi", deyilmoqda bayonotda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish