O‘zbekiston | 17:41 / 25.02.2016
2135
1 daqiqa o‘qiladi
TIAISVda Kuvayt elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
24 fevral kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Kuvaytning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Abdulla al-Jubayr bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, Kuvayt ishtirokida Arab iqtisodiy rivojlanish jamg‘armasi loyihalari bo‘yicha masalalar haqida gaplashildi.