Iqtisodiyot | 11:15 / 25.02.2016
2663
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy banklari mobil banklar orqali to‘lovlarga komissiyani bekor qilishdi

Bugun, 25 fevral kuni Xitoyning beshta eng yirik banklari (Industrial and Commercial Bank of China (ICBC), Agricultural Bank of China, Bank of China, China Construction Bank va Bank of Communications) mamlakat ichidagi pul o‘tkazmalari va mobil tizim orqali amalga oshiriladigan pul aylanmalariga qo‘shimcha to‘lovlarni bekor qilishdi.

Bundan tashqari, Xitoy Markaziy televideniyasining xabariga ko‘ra, ushbu kredit-moliyaviy muassasalar, tranzaksiya miqdori 5 ming yuan (tahminan 766 dollar) dan oshmaslik sharti bilan, internet-banking orqali amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalariga ham komissiyani bekor qilishdi, xabar beradi TASS.

Mobil platformalar orqali xizmat ko‘rsatilganda mijozlarning xarajatlarini kamaytirish va internet-mijozlar bilan ishlashni soddalashtirish uchun banklar shunday qadam qo‘yishga qaror qilishdi.