Jahon | 09:03 / 26.02.2016
2913
1 daqiqa o‘qiladi
Bag‘dodda ikkita terakt sodir etildi
25 fevral kuni kechasi Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida terrorchi-hudkushlar tomonidan sodir etilgan navbatdagi teraktlar tufayli kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reyter agentligi tibbiyot vakillari va politsiyaga asoslangan holda xabar tarqatgan.
Birinchi hudkush o‘zini shialar masjidida portlatib yuborgan. Voqea joyiga jabrlanganlarni qutqarish uchun odamlar yig‘ilishganida, ikkinchi jangari ikkinchi bombani harakatga keltirgan.
Al-Shula tumanidagi bu portlashlar tufayli 50 nafardan ortiq kishi jarohatlangani aytilgan.
Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmagan.