Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Barselona" har yili YUNISEFga 2 mln yevro o‘tkazadi
Barselona" futbol jamoasi va YUNISEF tashkiloti homiylik kelishuvini 2020 yilgacha uzaytirishga kelishib oldilar, deb xabar bermoqda Marca nashri.
Yangi shartnoma shartlariga ko‘ra, katalon klubining BMTning Bolalar jamg‘armasiga xayr-ehson qiladigan puli 500 ming yevroga ko‘payadi, ya'ni jamoa har yili jamg‘armaga 2 mln yevro o‘tkazib beradi.
"Bu kelishuv bolalarga ancha yordam berishi kerak. Men klubning sobiq prezidenti Laportega bunday tashabbusi uchun minnatdorman. Bolalik – barchamiz uchun murakkab davrdir va sport bolalarning shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynashini istaymiz", deb aytdi "Barsa" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu.