Sport | 15:06 / 26.02.2016
2042
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA byudjyetidagi defitsit 100 mln dollardan ortiqni tashkil qildi

Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasining (FIFA) 2015 yildagi byudjyeti defitsiti 108 million dollarni tashkil qildi. Bu haqda Reuters tashkilotning audit masalalari bo‘yicha vakili bergan ma'lumotga tayanib xabar tarqatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday katta miqdordagi defitsitga poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoiy mojarolardan keyin FIFAga bo‘lgan ishonchning yo‘qolgani sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, korruptsion mojarolarda ishtirok etganlikda ayblangan FIFA prezidenti Yozef Blatter, UYeFA prezidenti Mishel Platini va yana bir qator FIFA mansabdorlari uzoq muddatga futboldan chetlatilishgan.

Bugun, 26 fevral kuni Tsyurixda FIFAning yangi prezidentni aniqlash uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi. Unda OFK prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa, UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Xusayn, janubiy afrikalik Tokio Seksvale va FIFA sobiq Bosh kotibi Jyerom Shampan nomzod sifatida ishtirok etishmoqda.