Sport | 19:28 / 26.02.2016
4038
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA prezidentligi uchun saylov kunida nomzodlarning biri kurashdan chiqdi

FIFA prezidentligi uchun nomzod bo‘lgan Tokio Seksvale o‘z nomzodini qaytarib oldi. U hozirgi zamonaviy futbol unsurlarini tanqid qildi va undagi juda ko‘p tizimlarni o‘zgartirish kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

"Menda sizga sovg‘a bor – mening saylovoldi dasturim bugun nihoyasiga yetdi. Men kurashdan chiqdim va rahbarlikni qolgan to‘rtta nomzodga qoldirdim", – deydi Seksvale.

Seksvale shuningdek, futbolda avj olgan poraxo‘rliklar, chiqarilgan noto‘g‘ri qarorlar haqida ham gapirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 fevral kuni Tsyurixda FIFAning yangi prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi. Endilikda unga OFK prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa, UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Xusayn va FIFA sobiq Bosh kotibi Jyerom Shampan nomzod sifatida ishtirok etishadi.