Jahon | 16:19 / 27.02.2016
3501
1 daqiqa o‘qiladi
Kobulda kuchli portlash sodir bo‘ldi
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda guvohlarga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Bundan oldinroq, mamlakat sharqidagi Asadobod shahrida, Pokiston bilan chegaradosh Kunar viloyati hududida terrorchi hudkush o‘zini portlatgani va natijada 11 kishi halok bo‘lib, 40dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.