Sport.es: «Manchester Siti» Laport uchun raqobatda «Barselona»ni ortda qoldirdi
«Barselona» jamoasi «Atletik»ning mohir himoyachisi Emerik Laport uchun kurashda yengildi. Futbolchi yozgi transferlar vaqtida Angliyaning «Manchester Siti» jamoasiga o‘tishi masalasi hal bo‘lgan. Bu haqda Sport.es nashri xabar yozgan.
Kataloniyaliklar jamoasi ushbu futbolchi o‘yinlarini 2 yildan buyon kuzatib kelishayotgandi va yozda uni transfer qilishni rejalashtirishgandi. Lekin Xosep Gvardiolaning yangi mavsumda «Manchester Siti»da ish boshlashi haqidagi xabar ularning rejalarini chippakka chiqargan.
«Shaharliklar» rahbariyati Gvardiolaning istagi bilan Emerikni tarkibga jalb etish borasida muzokara boshlashgan va uning o‘zi bilan kelishib olishgan. «Manchester Siti» endilikda «Atletik» bilan transferning boshqa jihatlari bo‘yicha muzokara olib borishadi, 21 yoshli bu fransiyalik futbolchining shartnomasida unga 50 mln yevrolik narx belgilab qo‘yilgan.