Jahon | 14:27 / 28.02.2016
6158
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy hukumati pensiya yoshini uzaytirmoqchi
Xitoy hukumati mamlakatda pensiya yoshini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu bilan ishga layoqatli fuqarolar ko‘rsatkichlarini yaxshilamoqchi. Bu haqida Sinxua axborot agentligi xabar berdi.
"Reja, taxminan, besh yillik o‘tish davridan keyin, 2022 yilda amalga oshiriladi", - deb XXR mehnat resurslari va ijtimoiy ta'minot vazirligi tadqiqotchilari so‘zlaridan iqtibos keltirdi manba.
2015 yilda Xitoyda mehnatga layoqatli bo‘lgan 16 yoshdan 60 yoshgacha aholi soni 4,87 million kishiga qisqarib, 911 million nafarni tashkil etdi.
Hozirda mamlakatda erkaklar uchun pensiya yoshi 60, aqliy mehnat bilan shug‘ullangan ayollar uchun 55, ishlab chiqarishda ishlagan ayollar uchun 50 yosh qilib belgilangan.