Jamiyat | 11:20 / 29.02.2016
6827
2 daqiqa o‘qiladi

Bekobodlik yigit jahl ustida xotinini pichoqlab qo‘ydi

Bekobodda istiqomat qiluvchi, vaqtincha ishsiz, bir nafar farzandning otasi bo‘lgan yigit xotini bilan janjal chog‘ida, unga pichoq bilan tan jarohat yetkazgan va buning oqibatida ayol vafot etgan.

“Ogoh” nashrining yozishicha, jinoyatchi hech qayerda ishlamagan. Oila ayolning paynet shohobchasida ishlab topgan puliga hayot kechirgan. Bir kuni oilaviy janjal sabab, ayblanuvchining xotini qizini olib, ota uyiga ketib qoladi. Yigit qancha gapirsa-da, qaytishni istamaydi. Shundan so‘ng, xotinini qo‘rqitish maqsadida “agar qaytmasang, o‘zimni o‘ldiraman”, mazmunida xat yozib, cho‘ntagiga ro‘zg‘or pichog‘ini solib, uning ish joyiga boradi.

Xotini yana uyga qaytmasligini aytadi. Yigit unga xatni ko‘rsatgach, battar jaxli chiqib, ishxonasida chiqarib yuborishga urinadi. Bundan jazavaga tushgan er jaxl ustida bir necha bor xotiniga pichoq sanchadi. So‘ng jinoyatchi o‘lgan xotinini qoldirib, to‘g‘ri otasining oldiga boradi va barchasini so‘zlab beradi...

Sud unga jinoiy qilmishi uchun 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.