Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 10:28 / 29.02.2016
3294
1 daqiqa o‘qiladi
Bri Larson "Xona" filmi uchun "Oskar"ga sazovor bo‘ldi
Amerikalik akrisaga "Oskar"ning 88-taqdimotida "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasidagi mukofot topshirildi.

Bu nominatsiyada g‘oliblik uchun Jyennifer Lourens (“Joy”), Keyt Blanshett (“Kerol”), Sirsha Ronan (“Bruklin”) va Sharlotta Rempling ("45 yil”) ham da'vogar bo‘lishgandi.
26 yoshli aktrisa uchun bu ilk nomzodlik va undagi ilk g‘oliblik bo‘ldi. Bri Larson taqdimotga Gucci tomonidan tayyorlangan libosda tashrif buyurdi.