Jamiyat | 10:38 / 29.02.2016
3581
1 daqiqa o‘qiladi
Inyarritu "Omon qolgan" filmi uchun "Oskar" oldi
Rejissyor Alexandro Gonsales Inyarritu Amerika kinoakademiyasi tomonidan "Omon qolgan" filmi uchun "Oskar"ga sazovor ko‘rildi. U mukofotni otasiga bag‘ishladi.
Bu rejissyor o‘tgan yili ham "Byordman" uchun "Oskar" olgandi.
"Nimalar bo‘layotganiga ishonish qiyin". Uning sahnadagi ilk so‘zlari shu bo‘ldi.
"Odam ijod qilar ekan, tanasining ranggi yoki sochining uzun-kaltaligi ahamiyatini yo‘qotadi", deya qayd etadi u.
Bu yo‘nalishdagi g‘oliblik uchun Adam MakKey ("Qulatuvchi o‘yin"), Jord Miller (“Telba Maks: g‘azab yo‘li”), Leonard Abraxamson (“Xona”) hamda Tom MakKarti (“Diqqat markazida”) ham kurashgan edi.