"Manchester Siti" 4 marta Angliya ligasi kubogi sohibi bo‘ldi
"Manchester Siti" klubi Angliya ligasi kubogi finalida "Liverpul"ni yutdi va 4-marta o‘z tarixida bu kubok sohibiga aylandi. Angliyaning bosh maydoni hisoblanuvchi Londondagi "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqti 1:1 hisobi bilan yakunlandi. O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida "shaharliklar"ning omadi chopdi va ular 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
2-bo‘limning boshida Serxio Agueroning uzatgan to‘pini Fernandino aniq zarba bilan mersisaydliklar darvozaboni Simon Minole qo‘li ostidan darvozaga yo‘lladi.
83-daqiqada Adam Lallananing "Siti" darvozasiga yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib, Filippe Koutino oyog‘iga kelib tushdi va u xayollab o‘tirmay uni darvozaga aniq yo‘lladi.
"Manchester Siti" 4 marta bu kubok sohibi bo‘ldi. Ayni vaqtda bu borada "Liverpul" yetakchilik qilmoqda, jamoa bu nufuzli sovrinni 8 marta qo‘lga kiritgan.
Angliya ligasi kubogi. Final
Liverpul – Manchester Siti – 1:1 (1:3)
Gollar: Fernandino, 49 (0:1); Koutino, 83 (1:1).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 1:2, 1:3.